Oliy ta’lim tizimida multikultural ta’limning rivojlanishida pedagogik mahoratning o‘rni
Keywords:
Multikultural ta’lim, oliy ta’lim, pedagogik mahorat, madaniyatlararo muloqot, bag‘rikenglik, kommunikativ kompetensiya, inklyuziv yondashuv, tolerantlik.Abstract
O’tgan bir necha yillar mobaynida ta’lim tizimida multikultural ta’limning rivojlanishiga pedagogik mahoratning o’rni o’zgacha bo’lib bormoqda. Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida multikultural ta’limning rivojlanish jarayoni va unda pedagogik mahoratning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Globallashuv va jamiyatning madaniy xilma-xilligi sharoitida turli millat, til va madaniyat vakillarini yagona ta’lim makonida birlashtirishda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi, madaniy sezgirligi va kommunikativ yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik mahorat orqali talabalarda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, inklyuziv qarashlar va tolerantlik g‘oyalari shakllantiriladi. Tadqiqotda multikultural ta’limning mazmuni, asosiy tamoyillari va uni samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarning madaniyatlararo muloqot olib borish malakasi, didaktik uslublarni moslashuvchan qo‘llay olishi kabi omillarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
References
1. UNESCO. (2006). Intercultural Dialogue and Global Citizenship: An Education Perspective. Paris: UNESCO Publishing.
2. Banks, J. A. (2004). Multicultural Education: Issues and Perspectives. John Wiley & Sons.
3. Gay, G. (2010). Culturally Responsive Teaching: Theory, Research, and Practice. Teachers College Press.
4. Kymlicka, W. (2015). Multicultural Citizenship: A Liberal Theory of Minority Rights. Oxford University Press.
5. Sen, A. (2006). Identity and Violence: The Illusion of Destiny. W.W. Norton & Company.
6. Suleymanov, R. (2019). Pedagogik innovatsiyalar va madaniyatlararo ta'lim: nazariy va amaliy masalalar. Tashkent: Universitet nashriyoti.