OSHQOZON SLEF REZIKSIYASI ORTIQCHA VAZNDAN XALOS BOʻLISH
Keywords:
Oshqozon sleev rezeksiyasi, bariatrik jarrohlik, semizlik, ortiqcha vazn, laparoskopiya, metabolik sindrom, 2-tip diabet, arterial gipertenziya.Abstract
Oshqozon sleev rezeksiyasi – ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va semizlikni davolashda qo‘llaniladigan samarali bariatrik jarrohlik usullaridan biridir. Ushbu operatsiya davomida oshqozonning katta qismi olib tashlanadi va uning hajmi keskin kamaytiriladi, natijada bemor kamroq ovqatlanadi va tezroq to‘yish hissini his qiladi. Bu usul semirish bilan bog‘liq kasalliklar – 2-tip diabet, arterial gipertenziya, uyqu apnesi va yurak-qon tomir kasalliklarini kamaytirishda ham ijobiy natija beradi. Zamonaviy minimal invaziv laparoskopik texnologiyalar yordamida bajarilishi tufayli tiklanish davri qisqa bo‘ladi va asoratlar xavfi kamayadi.