RAQAMLI TA‘LIM MUHITIDA TALABA YOSHLARNING MUSTAQIL TA‘LIMINI TASHKIL ETISHDA SUN‘IY INTELLEKT IMKONIYATLARI
Keywords:
sun’iy intellekt, raqamli ta’lim muhiti, mustaqil ta’lim, generativ AI, ChatGPT, GEMINI, raqamli kompetensiya.Abstract
Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida talaba-yoshlarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishda sun’iy intellekt vositalarining ahamiyati yoritiladi. Jumladan, OpenAI tomonidan yaratilgan ChatGPT va Google DeepMind tomonidan ishlab chiqilgan Gemini platformalarining o‘quv jarayonidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada mustaqil ta’limning mazmuni, talabalarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sun’iy intellekt asosidagi vositalar talabalarga o‘quv jarayonini rejalashtirish, bilimlarni tizimlashtirish va murakkab mavzularni mustaqil o‘zlashtirishda amaliy yordam beradi. Ular individual yondashuvni ta’minlab, o‘quvchining ehtiyojiga mos tavsiyalar beradi va bilim olish jarayonini yanada interaktiv qiladi. Shuningdek, mazkur texnologiyalar ta’limni zamonaviylashtirish bilan birga, talabalarda mas’uliyat va ongli foydalanish madaniyatini shakllantirish zaruratini ham yuzaga keltiradi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025‑yil 1‑iyuldagi raqamli texnologiyalar bo‘yicha nutqi https://president.uz/oz/lists/view/8280
2. Garzón, J., Patiño, E., & Marulanda, C. (2025). Systematic review of artificial intelligence in education: Trends, benefits, and challenges. Multimodal Technologies and Interaction.
3. Imran, M., & Almusharraf, N. (2024). Google Gemini as a next generation AI educational tool. Smart Learning Environments.
4. OpenAI. (2022). ChatGPT: Optimizing language models for dialogue.
5. Russell, S., & Norvig, P. (2021). Artificial intelligence: A modern approach.
6. Yuldoshev, I. A. (2015). Ta’limda zamonaviy texnik vosita va texnologiyalar (172 b.). Toshkent: Fan va texnologiya.