SAMARQAND BADIIY MAVZUSI AYOL-RASSOMLAR IJODIDA
Keywords:
Samarqand, O‘zbekiston rangtasviri, realizm, portret janri, Nadejda Kashina, Yelena Korovay, Zinaida Kovalevskaya, Izofabrika, ARIZO, madaniyatlararo muloqot, vizual antropologiya, ranglar palitrasi.Abstract
Maqolada ijodiy kamoloti va faoliyati Samarqand shahri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan taniqli ayol rassomlar-Yelena Korovay, Nadejda Kashina hamda Zinaida Kovalevskayalarning badiiy trayektoriyalari tahliliy tadqiq etilgan. Asosiy e’tibor ushbu ijodkorlarning shahar muhiti, madaniy rang-baranglik hamda Samarqandning o‘ziga xos vizual landshafti ta’sirida shakllangan badiiy mahorati va uslubiy xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan.
Garchi, mazkur rassomlar rangtasvirning turli janrlarida, jumladan manzara va natyurmort yo‘nalishlarida ijod qilgan bo‘lsalar-da, maqoladagi qiyosiy tahlilning asosiy obyekti sifatida ularning badiiy merosida salmoqli o‘rin egallagan portret janri tanlangan. Ushbu janrning tanlanishi, aynan portretda mualliflarning kuzatuvlari, mahalliy mavzularga murojaati hamda individual ifoda tili izlanishlari eng to‘laqonli aks etganligi bilan izohlanadi.
Maqolada rassomlarning mintaqaga kelish shart-sharoitlari qisqacha yoritilgan hamda ularning realistik uslubda yaratilgan kompozitsiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot mahalliy muzey fondlari materiallariga asoslangan bo‘lib, bu Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi (Toshkent) hamda I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi (Nukus)da saqlanayotgan ma’lumbir asarlarni batafsil o‘rganish imkonini berdi.
References
1. Абдуллаев Н. Ўзбекистон миллий портрет санъати: (альбом). – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2011. – 44-bet.
2. Ахмедова Н. Живопись Центральной Азии ХХ века: традиции, самобытность, диалог. – Ташкент: SDC, 2004. – 224 s.
3. Барнаева Ш. Творческое достояние Оганеса Татевосяна // San’at. – Ташкент, 2021. – № 1. – С. 12-15.
4. Барнаева Ш. Творческое достояние художницы Елены Людвиговны Коровай // Сборник материалов IV Межрегиональной научно-практической конференции «Аз.Арт.Сибирь-2021». – С. 146-148.
5. Жосан В. Рядом с художниками: Записки Вера Жосан. – Ташкент: Изд-во журнала “San’at”, 2009. – С. 23.
6. Такташ Р.Х. Надежда Кашина 1896-1977: жизнь и творчество. – Ташкент: Изд. лит. искусства, 1982. – С. 136.
7. Туркестанский авангард. Каталог выставки. Государственный музей Востока. – Москва, 2009. – С. 222.
8. Шафранская Э.Ф. САМАРКАНД — МЕККА ДЛЯ ХУДОЖНИКОВ 1920–1940-Х ГОДОВ // Genius loci в литературе, искусстве, культуре. – СПб.: Свое издательство, 2018. – С. 200–212.
9. Ядгарова Н. Живопись вдохновленная солнцем // Звезда востока. – Ташкент, 2019. – № 2. – С. 129-132.
10. Asliddin Isayev bilan o‘tkazilgan intervyu. 2023-yil, may.