flag

KREDIT MONITORING TIZIMINI SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH VA PORTFEL SIFATINI OSHIRISH SAMARADORLIGI

Authors

  • Toshev Shohrux Umar o‘g‘li

    “O’ZBEKISTON SANOAT-QURILISH BANK” АTB Korporativ BXO Kredit tahlil xizmati kichik menejeri shohruhtoshev93@gmail.com
    Author

Keywords:

kredit monitoringi, kredit riski, sun’iy intellekt, Big Data, kredit skoringi, Early Warning System (EWS), kredit portfeli, muammoli kreditlar (NPL), raqamlashtirish, mashinaviy o‘qitish, RegTech, Open Banking.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimida kredit monitoring tizimini sun’iy intellekt (AI) va Big Data texnologiyalari asosida takomillashtirish hamda kredit portfeli sifatini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Kredit risklarini boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanish, avtomatlashtirilgan skoring, erta ogohlantirish tizimi (EWS), real vaqt rejimidagi monitoring va ma’lumotlar integratsiyasining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston bank tizimida kredit risklarini boshqarishning amaldagi holati tahlil qilinib, AI texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish modeli taklif etilgan. Mazkur model kredit ma’lumotlarini integratsiya qilish, mashinaviy o‘qitish asosida risklarni baholash, milliy kredit AI platformasini shakllantirish hamda Open Banking va RegTech ekotizimlarini rivojlantirish bosqichlarini qamrab oladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt va katta ma’lumotlardan foydalanish muammoli kreditlarni erta aniqlash, kredit qarorlarining aniqligini oshirish va kredit portfeli sifatini yaxshilash imkonini berishini ko‘rsatadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF–5992-son, “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”, 2020-yil 12-may.

2. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-582, 2019-yil.

3. Koch T.W., MacDonald S.S. Bank Management. Cengage Learning.

4. Kiyotaki N., Moore J. Credit Cycles. Journal of Political Economy, 1997.

Downloads

Published

2026-08-14